KOMPYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI
Об уроке

Reja:

  1. Axborot tushunchasi. Kompyuterda ma’lumotlarni saqlashni tashkil etish
  2. Raqamli axborotlarni saqlashning zamonaviy tizimlari
  3. Zaxira ma’lumotlarni saqlash
  4. Saqlash qurilmalari: faoliyat turlari va asosiy tamoyillari

Ma’lumot (axborot) mashina xotirasi yacheykalarida, so’z adreslari deb ataluvchi yacheyka nomerlari orqali identifikatsiyalanadi.

Mashina xotirasi har bir axborot so’zini saqlovchi joy xizmatini o’tovchi yacheyka majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so’zni yozish uchun shu so’z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko’rsatilishi lozim.

Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to’rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytgan edik. Xotira ma’lumot va programmalar saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha turga bo’linadi: Operativ xotira, keshxotira, BIOS (doimiy xotira), CMOS (yarim doimiy xotira) va videoxotiradir.

Portlarbukomp’yuterningqo’shimchaqurilmalriulanadiganqismibo’libhisoblanad i. Ularningasosanuchxilturimavjud: parallel, ketma — ketvaUSB(Universal Serial Bus- universal ketmaket shina) RS arxitekturasidagi yangichaportbulib, u barcha telefon va elektronikaga mo’ljallangandir.

Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini uzgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so’zdan olingan bo’lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko’rinishida saqlanadi.

Registrlar trigerlardan yigiladi va ularning soni raqamli koddagi razryadlar soniga teng bo’ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning mos razryadi to’g’ri keladi.

Axborotlarni uzatish

Axborotlarni uzatish turli xil usullarda, yahni xabarchi yordamida, pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog’idan uzoq masofaga uzatish yordamida amalga oshiriladi. Aloqa tarmog’i bo’yicha uzoq masofaga uzatish usulida ma’lumotlarni uzatish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.

           
     
   
 
 
     

Axborotning o’lchovi va hajm birliklari

  • Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volg’t, amper, kubometr va boshqalar.
  • Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”.
  • Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
  • SHuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud:
  • 1 Kb =1024 bayt,
  • 1 M6=1024 K6aHT,
  • 1 r6 =1024 M6aHT,
  • 1 T6 =1024 r6aHT.
  • Fayl yagona yaxlit deb qaraladigan ma’lumotlar yoki dasturlar majmuasi. Fayl o’z nomiga ega bo’lgan va tizimda saqlanadigan ma’lumotlarning asosiy elementi bo’lgan obhektdir.
  • Foydalanuvchi faylni yaratishi, jo’natishi va yo’q qilishi mumkin. Xar bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri

  • Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o’z vaqtida olingan to’g’ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi.
  • To’g’ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo’lishi imkonini beradi, zero Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g’arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo’lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud.
  • Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va anhanalarimizga, davlatchiligimizga zid bo’lgan nojo’ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto’g’ri yo’llarga boshlashi mumkin.

Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o’rinli va to’g’ri foydalanish zarur.

Файлы упражнений
maruza11.docx
Размер: 69,00 КБ